2 604
Osiyoga 8,5 ta yo‘llanma berilgan 2026 yilgi mundialning saralash o‘yinlari qanday formatda o‘tkaziladi?
Osiyo futbol konfederatsiyasi JCH-2026 saralashi formatini e’lon qildi. 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga Osiyo mintaqasidan 8+1 ta yo‘llanma ajratilganidan habaringiz bor. Endilikda, bu yo‘llanmalarni qanday o‘ynalishi va O‘zbekiston terma jamoasini qaysi omillaga e’tibor qaratishi lozimligi borsida fikr almashamiz.
Birinchi bosqich
FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan 22 ta milliy jamoa qur’a yordamida 11 ta juftlikka ajratiladi va uy-safar tizimida o‘zaro bellashadi. G‘oliblar ikkinchi bosqichga yo‘l oladi.
Qachon o‘tkaziladi? Bu bosqich 2023 yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqich
Keyingi bosqichda 36 ta milliy jamoa ishtirok etadi (FIFA reytingidagi eng yaxshi 25 jamoa + birinchi saralash bosqichining 11 g‘olibi). Ular 4 ta jamoadan iborat 9 ta guruhga bo‘linadi. O‘yinlar ikki davrali tizimda o‘tkaziladi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan milliy jamoalar (jami 18 ta) uchinchi bosqichga yo‘l oladi. Bu termalar bir vaqtning o‘zida Osiyo kubogi-2027 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ladi.
Qachon o‘tkaziladi? 2023 yilning noyabr oyida 2 ta, 2024 yil mart oyida 2 ta va 2024 yil iyun oyida 2 ta o‘yin o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich
Bu davrga kelib milliy jamoalar 6 ta jamoadan iborat 3 ta guruhga bo‘linadi. O‘yinlar ikki davrali tizimda o‘tkaziladi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan milliy jamoalar (jami 6 ta) JCH-2026 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Qachon o‘tkaziladi? 2024 yil sentyabr — 2025 yil mart.
Co‘nggi bosqich
To‘rtinchi bosqichda qolgan 2 ta yo‘llanma va qit’alararo pley-offdagi 1 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Unda uchinchi bosqich guruhlarida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalar (jami 6 ta) 3 ta ishtirokchidan iborat 2 ta guruhga ajratiladi. Guruh g‘oliblari JCH-2026 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan milliy jamoalar esa qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi. Bunda g‘olib chiqqan jamoa boshqa qit’a termasi bilan JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Qachon o‘tkaziladi? Ushbu saralash bosqichi + qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun o‘yin markazlashgan holda 2025 yilning noyabr oyida o‘tkaziladi.
Nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Birinchi navbatda FIFA reytingimizni yaxshilab borishimiz zarur. Bu mundial saralashiga qur’a tashlangan chog‘da, asqotadi. Sababi, biz katta ehitmol bilan ikkinchi bosqichdan kurashlarga kirishamiz. Shunday ekan, reytingdagi o‘rnimiz guruhda qanday jamoalar bilan to‘qnash kelishimizni hal etib beradi.
Agar 3-bosqichda kerakli o‘rinni egallay olmasak-da, keyingi bosqichda vaziyatni qutqarib qolish imkoni mavjud. To‘g‘risi, so‘nggi bosqichga ishni qoldirmaslik shart. Katta ehtimol bilan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6 yo‘llanma uchun kurashda Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron, Avstraliya jamoalari favorit.
Bu eshelonga qo‘shilib olish uchun O‘zbekiston Qatar, BAA, Tailand, Iroq, Suriya, Xitoy, Iordaniya singari jamoalardan yaxshiroq ishtirok etishi shart. Agar, kuchli oltilikda bo‘lishni uddalay olmasak, unda keyin sanab o‘tgan jamoalarimiz bilan 4-bosqichda 7 va 8 yo‘llanma uchun juda og‘ir “jang” qilishga to‘g‘ri keladi. Yarimta imkoniyatni mundial chiptasiga aylantirish juda murakkab ekanligini hisobga olsak, terma jamoamiz ishni bu qadar paysalga solmasligi shart. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...