
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Dilshod Saitov faoliyatini "Paxtakor" safida davom ettiradigan bo‘ldi.
Tez orada 24 yoshga to‘ladigan himoyachi hozirga qadar "Nasaf" sharafini himoya qilgan. Superligada 106 o‘yinda 11 gol muallifi bo‘lgan. Chempionlar Ligasida 14 bahsda maydonga tushgan. Futbolchi va klub o‘rtasida uch yillik shartnomaga imzo chekildi. U erkin agent sifatida toshkentliklar tarkibiga ko‘chib o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar