
Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/16 finalidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 4 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Barselona» «Intersiti» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida 3:3 hisobida qayd etildi. Kataloniyaliklar safida Ronald Arauxo, Usmon Dembele va Rafinya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, «Intersiti» tarkibida Oriol Soldevila het-trik qayd etdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa «ko‘k-anorranglilar» yana hisobda oldinga chiqib oldi. 103-daqiqada Ansu Fati gol urdi.
«Atletiko» esa «Real Oviedo»ga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida zafar quchdi. «Matraschilar» tarkibida Markos Lorente va Pablo Barrioslar gol muallifiga aylandi.
Ispaniya Kubogi
1/16 final bahsi
«Intersiti» – «Barselona» 3:4
Gollar: 0:1 – 4 Arauxo, 1:1 – 59 Soldevila, 1:2 – 66 Dembele, 2:2 – 74 Soldevila, 2:3 – 77 Rafinya, 3:3 – 86 Soldevila, 3:4 – 103 Fati.
«Intersiti»: Kampos, Jayme (Nsue, 82), Galves (Herrera, 46), Perez (Angong Ebolo, 94), Murria Soriano, Kristo Romero, Soldevila, Mari, Royxe (Koffi, 65), Belotti (Eneko Undabarrena, 82), Pinan (Shemi, 67).
«Barselona»: Penya, Belerin (Alonso, 83), Kunde, Arauxo (Erik Garsiya, 60), Alba, Buskets, Kessie, Torre (Gavi, 60), Depay (Fati, 74), Dembele (Balde, 105), Ferran Torres (Rafinya, 61).
Ogohlantirish: Torre (50).
Ispaniya KubogiFutbol O‘yiniBarselona JamoasiIntersiti JamoasiGol UrishUchrashuv Natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar