747
A Seriya. «Roma» Eldor Shomurodov maydonga tushmagan bahsda raqibini kichik hisobda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 4 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Roma» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qildi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Lorenso Pellegrini penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va rimliklarga g‘alaba taqdim etdi. Qayd etib o‘tish joiz, Eldor Shomurodov maydonga tushirilmadi.
Joze Mourino shogirdlari ochkolari sonini 30 taga yetkazib, 6-o‘rinni egallab turibdi.
«Yuvnetus» «Kremoneze» maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 90 daqiqasida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Biroq hakam qo‘shib bergan daqiqalarda turinliklar hujumchisi Arkadiush Milik gol urib, «Yuventus»ning g‘alabasini ta’minladi.
Massimiliano Allegri jamoasi ochkolari sonini 34 taga yetkazib, 3-o‘rindan joy egallagan.
«Roma» – «Bolonya» 1:0
Gol: 1:0 – 6 Pellegrini (penalti).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Chelik, Smolling, Manchini, Rojer, Kristante, Pellegrini, Zaniolo (Abraham, 60), Dibala (Bove, 74), Tahirovich (Matich, 64), ash-Shaaravi (Zalevski, 64).
«Bolonya»: Skorupski, Posh (Pyuyuxtya, 82), Sumaoro, Lukumi, Likoyannis (Kambyazo, 65), Medel (Sxauten, 65), Soriano (Ebisher, 57), Dominges, Fergyuson, Arnautovich, Orsolini.
Ogohlantirishlar: Rojer (33), Fergyuson (69), Motta (71), Chelik (76), Ebisher (85), Dominges (90).
«Kremoneze» – «Yuventus» 0:1
Gol: 0:1 — 90+1 Milik
«Kremoneze»: Karnezekki, Sernikola, Byanketti (Kiofani, 90+2), Ferrari (Xendri, 59), Lochoshvili, Valeri, Meyte, Kastanetti (Milaneze, 75), Pikel, Dessers (Afena-Gyan, 75), Okereke (Buonayuto, 59).
«Yuventus»: Shensni, Danilo, Bremer, Gatti, Soule (Keza, 55), Kostich (Ayling, 85), Lokatelli, Makkenni (Rabo, 67), Fajoli (Kin, 55), Miretti (Paredes, 66), Milik.
Ogohlantirishlar: Ferrari (55), Dessers (67), Meyte (70), Rabo (71), Bremer (71), Valeri (89), Lochoshvili (90+4), Kin (90+5).
«Spetsiya» – «Atalanta» 2:2
Gollar: 1:0 – 8 Jasi, 2:0 – 31 Nzola, 2:1 – 77 Xeylund, 2:2 – 90 Pashalich.
«Torino» – «Verona» 1:1
Gollar: 0:1 – 45 Jurich, 1:1 – 64 Miranchuk.
«Lechche» – «Latsio» 2:1
Gollar: 0:1 – 14 Immobile, 1:1 – 57 Espeto, 2:1 – 71 Kolombo.
«Fiorentina» – «Monsa» 1:1
Gollar: 1:0 – 19 Artur, 1:1 – 61 Karlos Augusto. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...