date

«Barselona» Nike bilan rekord darajadagi shartnoma imzolaydi

«Barselona» Nike bilan rekord darajadagi shartnoma imzolaydi

Yaqin vaqtlar ichida kataloniyaliklar jamoasi amerikaliklarning sport liboslari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Mirror nashrining xabar qilishicha, Nike «Barselona» bilan yiliga 100 million evro to‘lashni ko‘zda tutuvchi homiylik shartnomasi imzolashi kutilmoqda. Bu shartnoma imzolansa, shu turdagi eng qimmatbaho shartnomaga aylanadi.

Tomonlarning amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan. Yangi shartnoma esa 10 yil muddatga tuziladi.

Ayni vaqtda homiylik shartnomasidan eng ko‘p miqdorda mablag‘ ishlaydigan jamoa «Manchester Yunayted» hisoblanadi. Adidas bu jamoa bilan shartnomaga ko‘ra, 96 million evro to‘laydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Nike bilan rekord darajadagi shartnoma imzolaydi