3-5 fevral kunlari Toshkentda tennis bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH milliy jamoalari o‘yinlari o‘tkaziladi.
Milliy jamoalar norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida o‘zaro to‘qnash keladi. G‘olib jamoa sentyabr oyida o‘tadigan Devis Kubogining final bosqichiga yo‘l oladi.
Uchrashuvning ilk kunida ikkita yakkalik bahsi, ikkinchi kuni esa bitta juftlik, uchinchi kunida ikkita yakkalik bahsi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston milliy jamoasini mamlakatning ikkinchi raqamli raketkasi Denis Istomin sardor sifatida kortga boshlab tushadi. Tarkibdan shuningdek, Sergey Fomin, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev ham joy olgan.
AQSH milliy jamoasi safida Tommi Pol, Jenson Bruksbi, Makdonald Makkenzi, Rajiv Ram va Ostin Kraychik kelishi kutilmoqda.
Taqqoslash uchun, ATP reytingida Tommi Pol 32-, Bruksbi 48-, Makdonald 63-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Fomin 362-, Istomin 468-, Sultonov 489-, Fayziyev esa 1178-pog‘onani egallab turibdi.
Juftlik bahslarida ishtirok etadigan Rajiv Ram juftliklar reytingida 3-, Kraychik esa 10-o‘rinda qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...