date

Xitoyning Recon Group kompaniyasi «Aston Villa»ni sotib oldi

Xitoyning Recon Group kompaniyasi «Aston Villa»ni sotib oldi

"Aston Villa" jamoasining matbuot-xizmati klub egalari o‘zgarganini e’lon qildi.

2006 yili birmingemlik klubni sotib olgan Rendi Lerner 62,2 million funt evaziga "Aston Villa"ni Xitoyning Recon Group kompaniyasiga sotib yubordi.

Avvalroq, kelishuv qiymati 60 million funtni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgandi. Aytish joiz, Recon Group xoldingi xitoylik tadbirkor Toni Syaga tegishlidir.

Eslatib o‘tamiz, "Aston Villa" yakunlangan mavsum yakuniga ko‘ra, o‘z tarixida ilk bor APL musobaqa jadvalida 20 o‘rinni band etib, Chempionshipga tushib ketdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xitoyning Recon Group kompaniyasi «Aston Villa»ni sotib oldi