date
views 425

Mbappe FFF rahbarining Zidan haqida gaplariga reaksiya bildirdi: «Afsonaga hurmatsizlik qilish kerak emas»

Mbappe FFF rahbarining Zidan haqida gaplariga reaksiya bildirdi: «Afsonaga hurmatsizlik qilish kerak emas»
Foto: Twitter
«PSJ» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) rahbarining Zinedin Zidan haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

«Zidan — bu Fransiya. Afsonaga hurmatsizlik qilish kerak emas», — deya yozdi futbolchi o‘z Twitter'ida.

Avvalroq FFF prezidenti Noel Le Gre Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan berilgan savolga keskin javob bergandi.

Fransiya terma jamoasi Dide Desham bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe FFF rahbarining Zidan haqida gaplariga reaksiya bildirdi: «Afsonaga hurmatsizlik qilish kerak emas»