23:23 / 10.01.2023
365

Timur Kapadze: "Xatolar bor, lekin ularni to‘g‘rilash uchun shu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazyapmiz"

Timur Kapadze: "Xatolar bor, lekin ularni to‘g‘rilash uchun shu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazyapmiz"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze BAA U23ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini (0:2) haqida fikr bildirdi.

— BAA yig‘ini haqida
— Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘inni boshlaganimizga bir necha kun bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida o‘z oldimizga qo‘yilgan reja bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boryapmiz. Bu yig‘inda, asosan, jismoniy holatimizni tiklash, texnik-taktik tomondan yanada kuchayish va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini ko‘rib olishga urg‘u qaratganmiz.

— BAA U-23 terma jamoasiga qarshi o‘yin
— Bugungi uchrashuv yaxshi o‘tdi. Deyarli barcha o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdim. Hozirgi jismoniy holatimizdan kelib chiqib, bir bo‘limdan hammaga imkoniyat berdik. Va shu orqali texnik-taktik tarafdan qanaqa kamchiliklarimiz borligini ko‘rib oldik. Umuman olganda, futbolchilarimiz ikkala bo‘limda ham o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi.

Raqibga keladigan bo‘lsak, ular yaxshi taassurot qoldirishdi. Umuman olganda, kurashlarga boy, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Eng asosiysi, biz o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan tajriba va xulosani oldik, deb o‘ylayman.

— Tarkibdagi yangi futbolchilar
— Bu galgi yig‘inda ko‘plab yangi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Deyarli hammasiga imkoniyat berdik, ular debyut o‘yinini o‘tkazishdi. Aytganimdek, hozirgi jismoniy holatdan kelib chiqib, ikkala bo‘limda ham bolalar o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi. Xatolar bor. Lekin, ularni to‘g‘rilash uchun ham shu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazyapmiz.

Endilikda bor e’tiborimizni ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga qaratamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Xatolar bor, lekin ularni to‘g‘rilash uchun shu kabi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazyapmiz"