379
"Bunyodkor"dagi o‘zgarishlar haqida: "Biz birgalikda keldik va birgalikda ketdik, katta ta’sir qiladi"
Xabaringiz bor, “Bunyodkor” klubida yana jiddiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Bosh direktor etib tayinlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan Aziz Haydarov ishdan olindi. Buning ortidan bosh murabbiy Ivan Boshkovich hamda “Bunyodkor” akademiyasi direktori Islom Ahmedov ham iste’foga chiqdilar.
Tajribali mutaxasis, akademiya direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan Islom Ahmedov klubdagi vaziyat bo‘yicha Sports.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Bunyodkor” klubidagi o‘zgarishlar kutilmaganda bo‘ldi, deyish mumkinmi va bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Juda qiyin savol. Hech kim kutmagan narsa bo‘ldi. Fikrimcha, bu noto‘g‘ri qaror. O‘tgan yilning sentyabr oyida “Bunyodkor” klubining Superligadagi natijalari unchalik yaxshi emasdi. Superligadan chiqib ketish xavfi 90 foiz edi. Shunday qiyin holatda Aziz Haydarov, Ivan Boshkovich va futbolchilar birgalikda jamoani birgalashib Superligada qoldirishdi. O‘shanda hech kim ishonmagandi. Keyin o‘zgarishlar boshlandi. Nimaga deganda, vazifa “Bunyodkor” klubini mavqeini tiklab, yuqori darajaga olib chiqish edi. Professional yo‘nalishda ishlashdan iborat edi. Shu tariqa, reforma boshlandi. Nafaqat klubda, balki futbol akademiyasida ham. Klubdagi ko‘pchilik esa bunday o‘zgarishlarni xohlamadi. Menimcha, bu asosiy sabab.
- Siz “Bunyodkor” akademiyasi direktori edingiz. Ammo siz ham ketdingiz. O‘z ixtiyoringiz bilan ketdingizmi yoki...
- Meni “Bunyodkor”ga Azizbek Haydarov taklif qildi. Mening fikrimcha, seni chaqirgan inson ketsa va sen qolsang bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu birinchi sababi. Ikkinchisi, Aziz Haydarovni ishdan bo‘shatganlar o‘ylamasdan shu narsani qilishdi.
- Bosh murabbiy Ivan Boshkovichni natijalari yaxshi edi. U ham iste’foga chiqdi. Nima uchun?
- Yuqorida aytib o‘tganimdek, qiyin ahvolda Haydarov va Boshkovich futbolchilar bilan birga jamoani Superligada olib qolishdi. Aziz Haydarovni rahbariyat iste’foga chiqarganida Ivan Boshkovich o‘z arizasini yozdi. Mening fikrimcha, u ham to‘g‘ri qildi. Biz birgalikda keldik va birgalikda ketdik.
- Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgandi. Klubdagi kutilmagan o‘zgarishlar "Bunyodkor"ni tayyorgarligiga va mavsumdagi ishtirokiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadimi?
- Mutaxassis sifatida javob bera olaman: ta’sir qiladi. Katta, ta’sir qiladi. Professional sifatida rahbariyatning qarorini umuman tushunmadim.
- Klub akademiyasidagi ishingizdan qoniqayotganmidingiz? Nimalarga ulgurib, nimalarga ulgurmagandingiz?
- Akademiyadagi ishimdan qoniqdim. Barcha reja va dasturlarimizni klub prezidentiga taqdim etgandik. U ko‘rib, ruxsat berdi. Bularning qiziqarli va kelajagi bor edi. Biz bosh direktor Aziz Haydarov va murabbiylar bilan birga bu ishni amalga oshirishni boshladik. Albatta, boshida katta qiyinchiliklar bo‘ldi. Chunki professional yo‘nalishga o‘tish uchun yangi metodikalar, bolalarni tayyorlashga mo‘ljallangan talablar juda qiyin bo‘lgan. Ularni murabbiylar ongiga sindirish oson kechmadi. Bu professional tizim edi. Bunday tizimda ishlashimiz meni xursand qilgandi.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi