date
views 425

Hujumchi degani Xolanddek bo‘ladi

Hujumchi degani Xolanddek bo‘ladi
Manchester Siti”da debyut mavsumini o‘tkazayotgan Erling Xoland gol urish bo‘yicha ketma-ket rekordlarni o‘rnatmoqda.

Angliya Premer-ligasining 21-turida “shaharliklar” o‘z maydonida “Vulverxempton”ni qabul qildi. Uchrashuvda norvegiyalik hujumchi “bo‘rilar” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.

Xet-trik orqali Xoland “Manchester Siti”ning uy uchrashuvlarida ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

22 yoshli hujumchining “Etixad”da urgan gollari soni 18 tani tashkil qildi. Buning uchun Xolandga atigi 11 ta uchrashuv kifoya qildi.

Avvalgi rekord “Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r to‘purar - Serxio Agueroga tegishli bo‘lib, argentinalik hujumchi bir mavsumda uy o‘yinlarida ko‘pi bilan 16 ta to‘p kiritgandi. Bu natija 2011-2012 yilgi mavsumda qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hujumchi degani Xolanddek bo‘ladi