Turkiyadagi birinchi yig‘in Serbiya yuqori ligasi ishtirokchisi "Mladost"ga qarshi o‘yin bilan yakunlandi. Mazkur bahsdan avval "Paxtakor"ning bir necha futbolchisi yoshlar terma jamoasi yig‘ini uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Serbiya klubi bilan bellashuvda tashabbus "Paxtakor" tarafida bo‘ldi. 85-daqiqada 2005 yilda tavallud topgan Akbar O‘ktamovning pasidan keyin Abbos Fayzullayev "Paxtakor"ni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol "Paxtakor"ga yig‘indagi uchinchi nazorat uchrashuvida g‘alaba keltirdi.
"Paxtakor"ning Turkiyadagi ikkinchi yig‘ini 31 yanvar kuni boshlanib, 14 fevral kuni yakunlanadi.
"PAXTAKOR" - "MLADOST GAT" (Serbiya) - 1:0
Gol: Fayzullayev, 85.
"Paxtakor": Quvvatov (Suyunov, 46), Todorov, Tursunov (Abdumajidov, 46), Azmiddinov (Hamraliyev, 46), Sayfiyev (Poyonov, 46), Hamrobekov (O‘rinboyev, 46), Sobirxo‘jayev (Xolmatov, 46), Fayzullayev, Turg‘unboyev (O‘ktamov, 46), Cheran (Banashak, 46), Xoldorxonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi