
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Spetsiya"da davom ettiradi. Eldor ijara asosida "Roma"ni tark etmoqda. Bu haqda "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourino ham aytib o‘tdi.
E’tiboringizga "Spetsiya" hujumchilarining statistikasini taqdim etamiz. Klub safida 5 ta hujumchi bor. Italiyalik Verde Daniele joriy mavsum 10 ta o‘yinda maydonga tushgan va samarali harakat amalga oshirmagan. 29 yoshli ganalik forvard Emmanuel Gyasi 18 ta bahsda ishtirok etib, bitta gol urgan.
Shuningdek, Daniel Maldini ham shu jamoa safida harakat qiladi. Ijara asosida harakat qilayotgan futbolchi joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta yogol yozdirib qo‘ygan. 26 yoshli M'Bala Nzola jamoa to‘purari hisoblanadi. Hujumchi 18 ta o‘yinda 9 gol urishga erishgan. Sloveniyalik David Streles 7 ta o‘yinda qatnashgan.
Ma’lumot uchun, Eldor joriy mavsum "Roma" tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Eldor ShomurodovSpetsiya HujumchilariRoma JamoasiItaliyalik VerdeM'Bala NzolaDavid Streles O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar