
O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini "Spetsiya"da davom ettiradi.
Qizig‘i shundaki, Eldor ushbu klub safidagi birinchi Osiyolik futbolchiga aylanadi. Shomurodov tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Spetsiya shahriga yetib kelgan. Klub tez orada uning transferini rasman e’lon qiladi.
Shomurodov ijara asosida "Spetsiya" safiga ko‘chib o‘tmoqda. Joriy mavsum u "bo‘rilar" tarkibida bor yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Ma’lumot uchun, "Spetsiya" 2003 yil avstraliyalik himoyachi Entoni Madaskini ro‘yxatdan o‘tkazgan, ammo futbolchi birorta o‘yinda ishtirok etmagan. U Italiya va Avstraliya fuqaroligiga ega.
Quyida "Spetsiya"da o‘ynagan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin >>>>>.
O‘zbekiston Terma JamoasiEldor ShomurodovSpetsiya KlubiFutbol TransferiOsiyolik FutbolchiTibbiy Ko‘rik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar