
Xabaringiz bor, Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" Turkiyadagi yig‘in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Chernogoriyaning "Dechich" jamoasiga qarshi kechgan bahsda "ajdarlar" yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Nasaf" safidan Akmal Mozgovoy, Husniddin Aliqulov, Husain Norchayev va Lima Kruz gol urgan bo‘lsa, raqib safidan Smilanich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Nazorat uchrashuvi. Antaliya-2023
"Nasaf" - "Dechich" 4:1
Gollar: Mozgovoy 14, Aliqulov 34, Norchayev 4, Kruz 45 - Smilanich 38.
"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Akmal Mozgovoy, Husayn Norchayev, Bahrom Abdurahimov, Mateus Lima Kruz, Sardor Sadullayev, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov, Umarbek Eshmurodov
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: Azamat Soyibov, Javohir Sidiqov, Abubakr Rizo Turdaliyev, Alen Mashovich, Jo‘rabek Mannonov, Muhammadjon Rahimov, Jahongir Shermatov.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar