11:04 / 31.01.2023
715

Magnus Karlsen: «Nodirbekka achinaman»

Magnus Karlsen: «Nodirbekka achinaman»
Shaxmat bo‘yicha 16 karra va amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen o‘tgan kuni yakunlangan superturnir natijalari haqida fikr bildirdi.

«Nodirbekka achinaman. U butun turnir davomida peshqadam bo‘ldi. Bu juda qiyin. Katta tajribaga ega bo‘lsangiz ham, turnir davomida yetakchi bo‘lib turish juda murakkab. Men unga hamdardman.

Anish (Giri)ga kelsak, u ko‘p narsalarni buzdi (kuladi). Ha, u turnirda g‘olib chiqdi va uzoq vaqtdan beri birinchi marta meni mag‘lub etdi. Mening olqishlarim! U ko‘p marta bunga juda yaqin bo‘lgan va menimcha, bu safar omad u tomonda bo‘ldi
», dedi Karlsen.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik grossmeyster Anish Giri superturnir g‘olibi bo‘ldi. Turnir davomida peshqadamlik qilgan Nodirbek Abdusattorov o‘zining so‘nggi o‘yinida sensatsion tarzda Yorden van Forestga yutqazib qo‘ydi va ikkinchi o‘rinni qayd etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Magnus Karlsen: «Nodirbekka achinaman»