
"Qizilqum" o‘z tarkibini bir nechta legioner bilan kuchaytirganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumda Qozog‘istonning "Atirau" jamoasida harakat qilgan iste’dodli himoyachi Nikolay Tarasov "Qizilqum" bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.
Nikolay Tarasov haqida:
Tug‘ilgan sana: 25.02.1998
Tug‘ilgan joyi: Rossiya — Moskva
Maydondagi pozitsiyasi: Himoyachi
Oxirgi o‘ynagan jamoasi: "Atirau" (Qozog‘iston).
O‘tgan mavsumda Iroqning "Navro‘z" jamoasida harakat qilgan iste’dodli yarim himoyachi Ifeani Ifeani "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi.
Ifeani Ifeani haqida:
Tug‘ilgan sana: 15.08.1995
Tug‘ilgan joyi: Nigeriya — Lagos
Maydondagi pozitsiyasi: Yarim himoyachi
Oxirgi o‘ynagan jamoasi: "Navro‘z" (Iroq).
O‘tgan mavsumda Jazoirning "MK Aljir" jamoasida harakat qilgan iste’dodli hujumchi Viktor Mbaoma "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdi.
Viktor Mbaoma haqida:
Tug‘ilgan sana: 20. 10.1996
Tug‘ilgan joyi: Nigeriya — Lagos
Maydondagi pozitsiyasi: Hujumchi
Oxirgi o‘ynagan jamoasi: "MK Aljir" (Jazoir).
"Qizilqum" matbuot xizmati
QizilqumNikolay TarasovIfeani IfeaniViktor MbaomaHimoyachiYarim himoyachi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar