Ravshan Ermatov OFK Ijroqo‘miga saylandi

Ravshan Ermatov OFK Ijroqo‘miga saylandi
Bahrayn poytaxti Manaman shahrida 33-OFK Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 2023-2027 yilgi Ijroqo‘m a’zolarini saralab olish bo‘yicha saylov o‘tkazilyapti. Ahamiyatlisi, saylov jarayonlarida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va Markaziy hududga saylandi. U mazkur hududdagi yagona nomzod sifatida jarayonda qatnashdi.

Ermatovdan oldin Zokir Qurbonov (1998-2000), Baxtiyor Rahimov (2000-2011) hamda Sardor Rahmatullayev (2015-2019) O‘zbekistondan vakillik qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar