APL. “Manchester Siti” Londonda “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi

APL. “Manchester Siti” Londonda “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi
Futbol boʻyicha Angliya Premer Ligasining 22-turida “Tottenhem” va “Manchester Siti” jamoalari 5 fevral, yakshanba kuni oʻzaro toʻqnash keldi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Harri Keyn “shporlar”ni oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar va ikkinchi boʻlimda ham har ikki jamoa vakillari qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq darvozalarga boshqa toʻp kiritilmadi.

Ushbu gʻalaba evaziga “Tottenhem” ochkolarini 39 taga etkazib oldi va 5-oʻrinda bormoqda. “Manchester Siti” 45 ochko bilan 2-oʻrinda qolmoqda.

5 fevral kungi oʻyinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi koʻrinishni oldi:
APL. “Manchester Siti” Londonda “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi
“Tottenhem” – “Manchester Siti” 1:0
Gol
: 1:0 – 15 Keyn.
“Tottenhem”: Loris, Emerson, Dayer, Devis, Romero, Perishich (Sessenon, 79), Hyoyberg, Bentankur, Kulusevski (Sanches, 88), Son Hyon Min (Bissuma, 84), Keyn.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Akanji, Lyuis, Grilish, Bernardu Silva (Gundoʻgʻan, 84), Rodri, Mahrez (de Bryuyne, 59), Holand, Alvares.
Ogohlantirishlar: Bentankur (23), Romero (26), Perishich (75), Ederson (83), Uoker (90+6).
Chetlatish: Romero (87).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar