
Fransiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 2 ta bronza medali bilan tugatdi.
Kecha, 5 fevral kuni kechki dasturda +100 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar Shohrux Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli kurashda Yusupovning qo‘li baland keldi va terma jamoaga 2-bronza medalini taqdim etdi.
4 fevral kunidagi dasturda -60 kg vazn toifasida Kamoliddin Baxtiyorov ham shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Davlat Bobonov sog‘lig‘idagi muammolar sabab mazkur turnirda ishtirok etolmagani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar