
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi sport federatsiya va assotsiatsiyalarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalari bilan tanishishda davom etmoqda.
Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, federatsiya vakillari Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan asosiy va zaxira tarkib, ko‘zlanayotgan natijalar xususida to‘xtalishdi.
Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov futbolini yanada rivojlantirish, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan joy olish va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishda hamjihatlik bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yoshlar SiyosatiSport VazirligiO‘zbekiston FutbolXanchjou 2022Parij 2024Olimpiya O‘yinlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar