
Foto: championat.asia
"Paxtakor" Turkiya yig‘ini doirasida Shimoliy Makedoniyaning "Shkupi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Mazkur bahs kuchli shamol ostida o‘tdi. Shu sabab dastlab "sherlar" “rekoshet” bilan gol o‘tkazdi. O‘yin to‘liq toshkentliklar ustunligida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim oxirlarida Dragan Cheran hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim startida Sobirxo‘jayev - Banashak kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. Ko‘p o‘tmay Bani yana gol urdi.
70-daqiqada Maksim Shatskix yig‘inda ishtirok etayotgan yoshlarni maydonga tushirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida darvozabonlar ham almashgan edi.
Ikkinchi bo‘limda yoshlar yanada o‘yinni kuchaytirdi, to‘rtinchi golga Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.
"PAXTAKOR" - "SHKUPI" 4:1
Gollar: Dragan Cheran (34), Banashak (48, 66), Turdimurodov (81).
"Paxtakor": E.Suyunov, Alijonov, Tursunov, Azmiddinov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Turg‘unboyev, Hamdamov, Cheran, Banashak.
Zaxira: Quvvatov, Shevchenko, Sh.Suyunov, Usmonov, Hamraliyev, O‘rinboyev, Poyonov, Saidnurullayev, Turdimurodov, Abdumajidov, Xolmatov, Beglarxonov, Todorov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar