Avval xabar berganimizdek, “Nasaf” Malayziyaning “Kedax” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Raqib tarkibida muxlislarimizga yaxshi tanish futbolchilardan Boyan Siger to‘p surdi. 1,5 yil mobaynida “Navbahor” sharafini himoya qilgan legioner yaqinda Malayziya jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
“Nasaf”ga qarshi uchrashuvda u doimgidek faol harakat qildi. Ushbu bellashuvni kuzatib borgan Sports.uz jurnalisti uchrashuvdan keyin Sigerning fikrlari bilan qiziqdi.
“Hammasi zo‘r. Nima deyishim mumkin? O‘rtoqlik uchrashuvi, ob-havo yaxshi, shamol bo‘lmadi. Maydon holati unchalik qoniqarli emasdi. “Nasaf” yaxshi raqib. Men bu klubni bilardim. Tarkibida texnikasi yuqori va aqlli o‘yinchilari bor. Bosh murabbiyi ham tajribali. Fikrimcha, “Nasaf” o‘ziga yarasha kuchli. Men klubdagi futbolchilar va murabbiylar bilan gaplashdim. Hammasi joyida. Bizga g‘alabani saqlab qolish uchun ozgina yetmadi.
Men o‘ylaymanki, “Nasaf”da Osiyo Chempionlar ligasida katta imkoniyat bor deb hisoblayman. Chunki ular juda yaxshi futbol o‘ynaydi. O‘tgan yili ham ajoyib o‘ynay olishini ko‘rsatishgan. “Nasaf”ga omad tilayman. Ular bunga haqli. Yaxshi natija ko‘rsatishga munosib”, - deya munosabat bildirdi, Boyan Siger. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin