23:52 / 11.02.2023
589

AQSH bokschilari Toshkentda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boykot qiladi

AQSH bokschilari Toshkentda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boykot qiladi
Foto: Getty Images
AQSH Boks federatsiyasi (USA Boxing) rossiyaliklarning o‘z davlat bayrog‘i ostida jahon chempionatida ishtirok etishiga ruxsat berilganiga salbiy munosabat bildirdi. Amerikalik bokschilar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.

USA Boxing bayonotiga ko‘ra, Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) pozitsiyasi nafaqat Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Rossiya va Belarus bayroqlaridan sport musobaqalarida foydalanishni taqiqlovchi sanksiyalarini, balki adolatli o‘yin va shaffoflik tamoyillarini ham buzadi.

Bundan tashqari, USA Boxing jahon chempionatini boykot qilish qaroriga ta’sir etgan boshqa sabablarni ham keltiradi. Ular orasida IBA moliyaviy boshqaruvi shaffof emasligi va sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi ham bor.

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 2023 yilning mart oyida Hindiston poytaxti Dehli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

2022 yil fevral oyida XOQ Ukrainada boshlangan urush tufayli xalqaro sport federatsiyalariga rossiyalik va belarusliklarni musobaqalardan chetlatishni tavsiya qildi. Aksariyat federatsiyalar, jumladan, IBA ham XOQ tavsiyalariga amal qildi.

Biroq oktabr oyida IBA direktorlar kengashi Rossiya va Belarus bokschilarining o‘z shafeligidagi musobaqalarga kiritilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. IBA qaroriga ko‘ra, rossiyalik va belaruslik bokschilar o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan chiqishadi.

Qayd qilish jiozki, IBA tashkilotiga rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, tashkilotga Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi homiylik qilyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH bokschilari Toshkentda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boykot qiladi