Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga saylandi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga saylandi
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda Qo‘mitada O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Po‘lat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga ushbu tadbirda saylangan.

Ma’lumot uchun, Voleybol federatsiyasini o‘tgan yilning 4 fevralidan buyon sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshqarib kelayotgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar