
Xabaringiz bor, qishki transferlar oynasida legionerimiz Eldor Shomurodov "Roma"ni tark etib, Italiyaning boshqa bir klubi "Spetsiya" safiga ijara asosida kelib qo‘shildi.
U yangi jamoasi tarkibida 2 ta o‘yin o‘tkazib, o‘zini ko‘rsata olganicha yo‘q.
Italiyalning taniqli "Calciomercato" nashri A Seriya klublari amalga oshirgan omadsiz transferlar beshligi tuzib chiqqan va ular qatorida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor edi. U chindan ham joriy mavsumni omadsiz tarzda o‘tkazmoqda. Bunga bir qator sabablar ham bor. U "Roma"da u ochiqchasiga zaxira futbolchisi edi. Hamyurtimizga asosiy tarkibda juda kam vaqt kafolatlangan. Shuningdek, Mourino uni odatda uchrashuv natijasi hal bo‘lib ulgurgan pallalarda maydonga tushirdi.
"Spetsiya" safiga o‘tganidan so‘ng ilk o‘yinni Eldor Shomurodov "Napoli"ga qarshi o‘tkazdi. Maydonda 77-daqiqa harakat qilgan Eldor o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi. Raqib nafaqat A Seriyada, balki, butun Yevropada barchani hayratga solayotgandi. Shu bois, unda mazkur bahsda o‘zini ko‘rsatish ehtimoli chindan ham past edi. Biroq "Empoli"ga qarshi uchrashuvda muxlislar undan ko‘p narsa kutgandi.
Spetsiyaliklar tarkibida Verde dubl muallifiga aylandi, ammo Shomurodov yana maydonda deyarli ko‘rinish bermadi. Ayni vaqtda u "Spetsiya"da adaptatsiya jarayonini boshdan o‘tkazmoqda, deb o‘zimizni ovutib qo‘yaveramiz. Shunday bo‘lsa-da, uning statistikasiga nazar tashlab, 27 yoshli futbolchimiz karerasida ro‘y berayotgan pasayishni ilg‘ab olish qiyin emas. Har holda, u o‘tgan mavsum A Seriyada 3 ta gol hamda 4 ta assist qayd etgan. Bu mavsum undan ko‘prog‘ini kutgandik, lekin...
Keling, uning joriy mavsum A Seriyadagi statistikasi bilan tanishib chiqamiz:
Jami uchrashuvlar soni: 8
Asosiy tarkibda: 3
O‘rtacha o‘ynagan daqiqasi: 36
Ramziy jamoa: O‘rin olmagan
Gollar soni: 0 ta
Kutilgan gol (xG): 0.89
Bitta o‘yinda o‘rtacha zarbalar soni: 1.1
2 marotaba juda qulay vaziyatdan gol ura olmagan
Paslar aniqligi: 80%
Xavfli vaziyatlar yaratish: 1 ta
Muvaffaqiyatli dribling: 0.1 (20%)
Duellarda g‘alaba: 1.1 (24%)
Xavfli vaziyatlar yaratish: 1 ta 1 ta : 0.8 (24%)
Xavfli vaziyatlar yaratish: 1 ta : 0.4 (23%)
Eldor Shomurodov uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Yevropaning kuchli beshlik chempionatida o‘ynayotgani ham o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan har qanday insonga faxr tuyg‘usini beradi. O‘ylaymizki, bu omadsizliklar vaqtinchalik. Biz Eldorni avvalgidan ham yaxshiroq darajada bo‘lishiga va gollari bilan o‘z muxlislarini doimo xursand qilishiga umid qilamiz.
Xudayqulov tayyorladi
Eldor ShomurodovSpetsiya transferiA Seriyafutbol statistikasiomadsiz mavsumItaliyaning klublari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar