Stranja—2023. Bugungi bahslardan so‘ng 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘l oldi
Foto: Instagram
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2023 musobaqasining uchinchi kungi janglari yakunlandi.
22-fevral kungi bahslarda hozirga qadar 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Janglardan birida o‘zbekistonlik bokschilar o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. -75 kg vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonliklar to‘qnashuvida A’loxon Abdullayev Abdulaziz Abdupattayevni mag‘lub etdi.
Super og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov ushbu bosqichda AQSH vakili Joshua Edvardsga qarshi jang qildi. Oson bo‘lmagan jangda Bahodir 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu va boshqa natijalar bilan quyida tanishing:
- Shunqor Abdurasulov (-60 kg) turkiyalik Aykol Mizanni mag‘lub etdi (5:0);
- Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) daniyalik Abdullo abu Arabni yengdi (5:0);
- Athamjon Muhiddinov (-60 kg) Ispaniya vakili Katalino Vargasni taslim etdi (5:0);
- Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) qozog‘istonlik Yertugan Zeinulinovdan ustun keldi (5:0);
- Dilshod Abdumurodov (-60 kg) hindistonlik Varinder Singhni yutdi (5:0);
- Bahodir Jalolov (+92 kg) AQSH vakili Joshua Edvardsni mag‘lubiyatga uchratdi (5:0);
- Havasbek Asadullayev (-75 kg) fransiyalik Moreno Fenderoni yengdi (4:0);
- A’loxon Abdullayev (-75 kg) hamyurti Abdulaziz Abdupattayevni mag‘lub etdi (3:0).
22 fevral kunining kechki bahslarida O‘zbekiston vakili Nozimaxon Bulturova (-52 kg) ringga ko‘tariladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring