date

ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.

ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.

UEFA yakunlangan Chempionlar ligasi turnirining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Mazkur ramziy terma jamoa UEFA ning quyidagi texnik ekspertlari guruhi tomonidan tuzib chiqildi: Ioan Lupesku (UEFA ning katta texnik zobiti), Aleks Fergyuson, Jan-Pol Brigger (FIFA), Xines Melendes, Miksu Paatelaynen, Tomas Shaaf, Peter Rudbek, Savo Miloshevich, Devid Moyes i Mircha Luchesku.

Bu jamoa 18 futbolchidan iborat, shundan 15 tasi «Atletiko», «Real» va «Barselona» futbolchilaridan iborat. Mazkur Chempionlar ligasi - 2015/16 ning ramziy terma jamoasi to‘liq tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:

Yan Oblak (Atletiko)
Diego Simeone jamoasining qahramonlaridan biri, 13 o‘yinda bor yo‘g‘i o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazdi.

Manuel Noyer (Bavariya)
11 o‘yinda 9 ta gol o‘tkazib yubordi, bu ham yaxshi ko‘rsatkich, Noyer - noyob ist’edod egasi.

Himoyachilar:

Diego Godin (Atletiko)
Sadoqatlilik va ruhan jangovarlik namunasi. Urugvaylik finalgacha 1 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. xolos.

Xuanfran (Atletiko)
Barcha 12 ta o‘yinda o‘ng qanot himoyasida etakchilikni qo‘ldan bermadi, finaldagi noaniq tepgan penaltini eslamaganda, jamoasi uchun etarlicha xizmat qildi.

Tyago Silva (Pari Sen-Jermen)
Chorak finalgacha faqat 1 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Parijliklarning haqiqiy sardori, ushbu mavsumda o‘zini mukammal darajada ko‘rsata oldi.

Serxio Ramos (Real)
Hal qiluvchi bahsdagi o‘zining goli bilan 2 final turnirida gol urgan birinchi himoyachi bo‘ldi.

Marselo (Real)
Chap qanot himoyachisi madridliklar bilan 2015 yil yozda yangi shartnoma tuzdi va aql bovar qilmas mavsumni o‘tkazdi. Chempionlar ligasi-2015/16 dagi 13 uchrashuvdan 11 tasida ishtirok etdi.

Yarim himoyachilar:

Gabi (Atletiko)
Atletikoning ushbu turnirdagi bironta uchrashuvini o‘tkazib yubormagan 3 nafar futbolchilardan biri. Chempionlar ligasidagi qatnashuvchilar orasida eng ko‘p yugurgan futbolchi - 149,206 km.

Koke (Atletiko)
Turnirdagi eng ko‘p yugurgan futbolchilar orasida uchinchi bo‘ldi - 141,175 km, undan ko‘p yugurgan futbolchilarga nisbatan kamroq uchrashuvlarda ishtirok etgan bo‘lsada.

Andres Inesta (Barselona)
Bor yo‘g‘i 7 uchrashuvda ishtirok etdi, lekin o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata oldi va "Barselona" ning chorak finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

Toni Kroos (Real)
Ushbu turnirda amalga oshirgan uzatmalari (1007) va aniq uzatmalari (952) soni bo‘yicha etakchi bo‘ldi.

Luka Modrich (Real)
Uning maydon markazidagi ijodkorligi va ko‘ra olish qobiliyati madridliklar o‘yinida juda muhim rol o‘ynadi. Xorvatiyalik 1 ta gol ham urdi - "Shaxtyor" jamoasi darvozasiga.

Hujumchilar:

Antuan Grizmann (Atletiko)
Mazkur turnirdagi samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 5-o‘rinni (11) va ko‘p yugurish bo‘yicha 2-o‘rinni egallab (142,864 km), «Atletiko» ning etakchi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Luis Suares (Barselona)
9 o‘yinda 8 ta gol - katta ko‘rsatkich, lekin "primero"da 40 ta gol urgan va "Oltin butsa" ni yutgan futbolchi uchun bu odatiy ish.

Lionel Messi (Barselona)
Guruh bahslarining yarmini o‘tkazib yubordi, lekin keyin o‘zining fantastik o‘yinini ko‘rsatdi, 7 o‘yinda 6 ta gol urish bilan.

Robert Levandovski (Bavariya)
Zagrebning "Dinamo" klubi darvozasiga urgan xet-trigi polyakning turnirdagi qatnashish ohangini belgilab berdi, 12 o‘yinda qatnashib 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu (Real)
Turnir davomida samaradorlik bo‘yicha o‘z shaxsiy rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘la olmagan bo‘lsada, lekin 16 ta goli uning Chempionlar ligasi - 2015/16 turnirining "eng yaxshi to‘purar"i unvonini qo‘lga kiritishi uchun etarli bo‘ldi.

Garet Beyl ( Real)
26 yoshli futbolchining tezligi va texnikasi raqiblari uchun dahshatli bo‘lib qolmoqda, ushbu mavsum uning Madriddagi karerasidagi eng barqarori bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » ChL-2015/16 ramziy terma jamoasiga kiritilgan 18 futbolchidan 15 tasi ispan klublarida o‘ynaydi.