Ma’lumki, bugun “Paxtakor” klubi Toshkentda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur o‘yinga qiziqish juda katta. Chunki bu qarama-qarshilikka Markaziy Osiyo derbisi sifatida ta’rif berilmoqda.
Kuni kecha Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘rayev “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix bilan suhbatlashganida “Qayrat” bilan o‘yinga taalluqli savol bilan murojaat qilgandi va unda Maksim Aleksandrovichning javobi quyidagicha bo‘lgan:
- Bu xalqaro darajadagi bahs. Albatta, muhim bo‘ladi-da! Boz ustiga chempionat starti arafasida mana shunday yaxshi raqib bilan kuch sinashishga nima yetsin! Bundan tashqari, o‘zaro raqobatimizning tarixi juda uzun.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar