21:00 / 25.02.2023
353

Maksim Shatskix "Markaziy Osiyo derbisi"dagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Maksim Shatskix "Markaziy Osiyo derbisi"dagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

O‘rtoqlik o‘yini doirasida "Paxtakor" Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi bilan kuch sinashdi. Jangovor o‘tgan o‘yinda "sherlar" 4:3 hisobida raqibdan ustun keldi.

Uchrashuvdan keyin Toshkent klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Marhamat, quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

"Bugungi uchrashuvdan muxlislarning ko‘ngli to‘ldi, deb o‘ylayman. Biz doim ular uchun to‘p tepamiz. O‘yinga kelsak, gollar ham, vaziyatlar ham yetarli bo‘ldi. Ikki jamoa darvozasi oldida keskinlik yuqori kechdi. O‘yinni muvaffaqiyatli yakunladik. Xatolarimiz yo‘q emas. Ishlashda davom etamiz.

Bunday gollarga boy o‘yinni hech qaysi murabbiy kutmasligi tabiiy. Boz ustiga, mavsum startida turibmiz. "Qayrat"ni o‘rgangan edik. Ular bugungidek o‘yin ko‘rsatishini kutgandim.

Qaysidir joyda faol holda pressing qilishdi. Raqib safidagi hujumchi yaxshi harakat qildi. Katta tezlik, vaziyatni hal qila olish kabi ustun tomonlari bor ekan. Umuman olganda, bugun faol futbol ko‘rsatdik deya olaman. Qolaversa, "Qayrat" ham ma’qul keldi.

Jamoamizga qo‘shilgan futbolchilardan qoniqdim. Hozircha bizda tarkib shunday. Yozda yana tarkibni kuchaytiramiz. Bu davrda ko‘zlangan futbolchilarimizni oldik", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix "Markaziy Osiyo derbisi"dagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?