Bugun Bolgariya mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha nufuzli turnirning hal qiluvchi kuni o‘tkaziladi.
Enda O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar vakili oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, 2 vazn toifasining finalida o‘zbekistonlik bokschilar to‘qnash kelishmoqda. Chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova – Sevda Asenova (Bolgariya)
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev – Govind Kumar (Hindiston)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Nikanor Ramon (Argentina)
-54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Yasen Radev (Bolgariya)
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov – Radoslav Rosenov (Bolgariya)
-63.5 kg: Ruslan Abdullaev – Mujbillo Tursunov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev – Begzod Hamroev
-71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Erdemir Tugrulxan (Turkiya)
-86 kg: Shohjahon Abdullaev – Vinchenso Litssi (Italiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov – Davit Chaloyan (Armaniston)
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring