date
views 605

Madrid derbisidagi "ishkal"ning oxiri boshqacha bo‘lishi mumkin

Madrid derbisidagi "ishkal"ning oxiri boshqacha bo‘lishi mumkin

Kecha La Liganing 23-turi doirasida kechgan "Real" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi Madrid derbisining ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “matraschilar” a’zosi Anxel Korrea to‘p uchun kurashda bo‘lmagan raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

"Atletiko" qizil kartochka to‘g‘risidagi qarorni ortiqcha deb hisoblaydi, shuning uchun klub hakamning ushbu qarori yuzasidan apellyatsiya beradi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Reglamentga ko‘ra, Anxel Korrea ushbu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan qizil kartochkadan keyin kamida ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shu sababli "Atletiko" yetakchi futbolchisisiz qolmasligi uchun ushbu qarorni o‘zgartirishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Atletiko" uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrid derbisidagi "ishkal"ning oxiri boshqacha bo‘lishi mumkin