13:06 / 04.03.2023
315

U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi

U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining 2-tur bahslari start oladi.

2-tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi bugun Iroqa qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, har ikki jamoa ham 1-turda g‘alaba qozongan va uch ochkoga ega. Bugungi bahs g‘olibi katta ehtimol bilan guruh g‘olibiga aylanadi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Indoneziya hamda Suriya terma jamoalari bahs olib borishadi.

4 mart, shanba

A guruhi

17:00, Suriya - Indoneziya

"Lokomotiv" stadioni

19:00, Iroq - O‘zbekiston

"Bunyodkor" stadioni

B guruhi

15:00, Eron - Avstraliya

"Istiqlol" stadioni

19:00, Vetnam - Qatar

"Istiqlol" stadioni

Eslatib o‘tamiz, joriy turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yo‘l oladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi