22:00 / 04.03.2023
454

Iroq bosh murabbiyi: "O‘zbekiston mardonavor harakat qildi"

Iroq bosh murabbiyi: "O‘zbekiston mardonavor harakat qildi"

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Iroq - O‘zbekiston uchrashuvida vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Iroq jamoasi bosh murabbiyi Emad Muhammad ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Xayrli kech! Qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqib kuchli edi. Shuningdek, muxlislar ham ularni ajoyib qo‘llab-quvvatlashdi. Biz faqat gol ura olmadik, xolos. Ammo undan boshqa hamma narsa qildik.

O‘zbekiston mardonavor harakat qildi. Biroq siz gol ura olmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz. O‘zbekistonni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman!

Biz xatolar ustida ishlashimiz kerak. Shunga qaramay, barcha kamchiliklarimizni bartaraf eta olmaymiz. Har qanday jamoa xato qiladi. Bu tabiiy holat.

Yaxshi o‘yin namoyish etdik. Keyingi turda g‘alaba uchun kurashamiz.

Biz gol urish uchun harakat qildik. Yigitlar turli usullardan foydalanib ko‘rishdi. Ikkinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Lekin undan unumli foydalana olmadik.

Navbatdagi tur o‘ta muhim. Suriya kuchli raqib. Bizga yaxshigina bosh og‘riq bo‘la oladi", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq bosh murabbiyi: "O‘zbekiston mardonavor harakat qildi"