Suriya terma jamoasi futbolchisi umrbod sportdan chetlatildi

Suriya futbol assotsiatsiyasi (SFA) mamlakat terma jamoasining sobiq sardori va «Al-Jaish» klubi himoyachisi Ahmad al-Solihni o‘yin vaqtida hakamga hujum qilgani uchun bir umrga futboldan chetlatdi. Bu haqda Sportbox xabar bermoqda.
3 mart kuni Suriya chempionati doirasidagi «Al-Vatba» bilan o‘yinda al-Solih qizil kartochka ko‘rsatgani uchun hakamga hujum qilgan. Futbolchi hakamni tepib, unga tupurgan va haqorat qilgan.
Futbolchi Suriya terma jamoasi safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.






























Izohlar 0
…