German Tkachenko – futbol bozorining yetakchi agentlaridan. U rahbarlik qilayotgan ProSports Management kompaniyasi bir necha o‘zbek futbolchilarining manfaatlarini himoya qilmoqda. Xususan, bugungi kundagi eng mashhur legionerimiz Eldor Shomurodovning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotganida mazkur kompaniyaning xizmati katta.
Ayni paytda ProSports Management kompaniyasi yana bir necha futbolchilarimizni Yevropa va Osiyo jamoalariga joylash bilan shug‘ullanmoqda.
Rossiyaning https://www.sports.ru sayti German Tkachenkoning katta intervyusini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar haqida ham ma’lumotlar keltirildi. E’tiboringizga o‘sha intervyuning o‘zbek futboliga daxldor qismini havola etamiz.
- A Seriyada mijozingiz Eldor Shomurodov o‘ynayapti. Nega u “Roma”ga Paulo Dibala va Andrea Belotti olib kelingan payt, ya’ni o‘tgan yozda jamoadan ketmadi?
- Joze Mourino qo‘yib yubormadi. Chunki Eldor Shomurodov har doim maydonga tushishga tayyor, murabbiy ko‘rsatmasini so‘zsiz bajaradi, o‘yinga tushirilmagan paytda esa hech qachon e’tirozlarini bildirmaydi.
Lekin kuzda jamoadan ketish kerak, degan qarorga keldik. Shunda ham A Seriyada qolish prinsipial ahamiyatga ega edi. Shomurodovga “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” qiziqish bildirgan edi. Eldor uchun yana o‘ynab ketish muhim edi, bu ishni esa, o‘zing ko‘nikkan mamlakat va chempionatda amalga oshirish osonroq.
- Siz Saudiya Arabistoniga borib keldingiz. Bu transfer bozori yo‘nalishi o‘zgargani bilan bog‘liqmi?
- Bu tomoni ham bor. Bu juda qiziqarli, lekin murakkab bozor. U yerda o‘z infratuzilmamizni yaratishga urinyapmiz. Qiyin bo‘lishiga qaramay, kimlar bilan munosabat o‘rnatishni yaxshi bilamiz. Yevropa bozoriga kira olmak, Osiyoning top-ligalari eshigigi qoqishimiz kerak.
- Saudiyaliklar bilan nimalarni gaplashdingiz?
- Kun tartibida Eldor Shomurodov masalasi borligi kundek ravshan. Rossiyalik futbolchilardan Bakayev Saudiya Arabistoni jamoasiga ko‘chib o‘tishga tayyor edi. Tibbiy ko‘rik vaqti ham belgilangandi. Lekin so‘nggi pallada uni ko‘chirishdi. Bunaqa holatlar ular uchun norma. Bir oy davomida aloqaga chiqmasdan, 20 daqiqada hamma narsani hal qilib yuborishadi.
- ProSports Management o‘zbek futboli bozorida juda faol ishlashi nima bilan bog‘liq. Shomurodov mijozingiz, Rossiya premer-ligasida Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Hojimat Erkinov o‘ynayapti...
- Biz 2010 yillarda Odil Ahmedov karerasi bilan shug‘ullangan edik. Lekin bu bozorga to‘liq kirib borishimiz Shomurodovning muvaffaqiyatidan keyin amalgat oshdi. Kompaniyaning O‘zbekistonda reputatsiyasi paydo bo‘ldi. Bu bozorni tushunib yetdik va hammasi o‘xshadi.
Oston O‘runov va Jasur Jaloliddinov bilan yuzaga kelgan vaziyatlarga qaramasdan, Rossiyada o‘zbek futbolining imidji ancha yaxshi.
– Jaloliddinov – afsona. Yuriy Belous talqiniga ko‘ra, u Joau Mariudan kuchli ekan...
– Jaloliddinov – istiqboli bor yigit. Lekin o‘shanda hamma ish noto‘g‘ri tashkil qilingan. Uning taqdimoti, bosh murabbiy Marko Nikolich bilan muloqot xato shaklda bo‘lgan. Bu ish bilan shug‘ullangan odamlar o‘zbek futboli oldidagi mas’uliyatini his qilmagan.
- Bunisi mayli, lekin “Ural”ga Osin O‘runovni siz joylagansiz. Siz ham o‘zingiz aytgan mas’uliyatni his qilmadingizmi?
- O‘runov bizning mijoz emas. Men uning “Kral”ga o‘tishida hamkorlarimizning iltimosi bilan qatnashganman. Shartnomasini bekor qilish bilan ham men shug‘ullandim.
– Viktor Goncharenko o‘yin oldidan Oston O‘runov kiyim almashtirish xonasida tarkibga kiritilmagani haqidagi suratni ko‘rib, to‘polon ko‘targanini aytib berdi. Bu rasmni Ostonga bir do‘sti yuborgan. Lekin O‘runov zaxira tarkibiga kiritilgan ekan.
- Shunga nima bo‘pti?
- Bu uning imidjiga ta’sir qilmaydimi?
- O‘runovda juda kuchli futbol sifatlari bor. Lekin uning iste’dodini o‘zi tutishidagi kamchiliklar cheklab qo‘ygan. Biz “Ural”ni kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi haqida ogohlantirgandik. Shu bois, shartnomaga uni bekor qilish imkoniyatini beradigan band kiritganmiz.
Tabiiyki, ma’lum ma’noda mas’uliyatimiz ham bor. Biz Ostonga yordam berishni istagandik, uni devorga qapishtirib qo‘yishgandi. Afsuski, bu o‘xshamadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring