date
views 505

Messi faqat bir jamoa bilan muzokara qilyapti

Messi faqat bir jamoa bilan muzokara qilyapti

PSJ hujumchisi Lionel Messining amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. Shu bois, argentinalik yulduz faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi kun tartibidagi eng qiziq masalalardan biriga aylandi.

Ole nashrining ma’lum qilishicha, jahon chempioni faoliyatini Yevropada davom ettirishni istaydi.

Shuning uchun ham Messi ayni paytda faqat PSJ bilan muzokara olib bormoqda. Parijliklar unga bir yillik bitim bergan.

Shundan kelib chiqib, Lionel Messini kutayotgan “Inter Mayami” bu transferga faqat 2024 yilning yozida – Amerika kubogi musobaqasidan keyin umid qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi faqat bir jamoa bilan muzokara qilyapti