16:00 / 12.03.2023
970

Ibrohim Ibragimov: "Babayan onadan so‘kdi. Uni meni so‘kishga nima haqqi bor? Hakam eshita turib unga sariq, menga qizil berdi"

Ibrohim Ibragimov: "Babayan onadan so‘kdi. Uni meni so‘kishga nima haqqi bor? Hakam eshita turib unga sariq, menga qizil berdi"

Superliganing ikkinchi turi ancha shov-shuvli voqealar, turli muammoli vaziyatlarga boy o‘tmoqda.

Chempionatda barchaning e’tibori "Surxon" - "Andijon" o‘yiniga qaratilgan bir pallada, "Navbahor"  - "Metallurg" bahsi ham katta sahnaga chiqmoqda. 74-daqiqada bekobodliklar yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimovning chetlatishi e’tiborimizni tortdi. Samvel Babayan bilan o‘zaro tortishuvdan so‘ng Asker Najafaliyev Ibragimovga qizil, Babayanga sariq kartochka ko‘rsatdi. Xo‘sh, aslida nima bo‘lgandi? Bu borada futbolchining fikrlarini tingladik.

— Jamoamizning tayyorgarligiga to‘xtalsam, guvoh bo‘ldingiz Superliganing barcha jamoalari Turkiyada 1 oylab yig‘in o‘tkazdi. Bilmadim, nima sabab biz Toshkentda qolib ketdik. Eng katta muammoyimiz maydon bo‘ldi. Mehmonxona va boshqa tashkiliy ishlar hammasi yaxshi. Qishda maydonlar qanday holatda bo‘lishini bilasiz. Sun’iy maydonda shug‘ullandik. Tabiiy loy maydonda to‘p tepdik. Bu ham katta ta’sir qildi.

— Chetlatishga kelsak, o‘yinning boshidan chidab keldim. Samvel Babayan menga nisbatan qoida buzarlik bo‘lganida, negadir meni so‘kdi. Simulyatsiya qilma, deb kurakda turmaydigan gaplarni gapirdi, chidadim. Ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida yana menga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Babayan turgan tarafda yiqilib og‘riqdan yotgandim. Tepamga kelib nafsoniyatdan ketib qoldi. Onadan so‘kdi. Chidab turolmadim, men ham javob qaytardim.

Lekin hakam negadir yonimda turgandi, uni nima deganini ham eshitdi. Xudo guvoh. Ammo menga qizil, Babayanga sariq bergani alam qilyapti. Samvel Babayanni umuman nima haqqi bor meni so‘kishga? Uni jamoasida o‘ynamaymanku. Menda nima ayb? Qo‘pollik qilinyapti, yiqilyapman. Qanot hakam ko‘rib jarima zarbasi beryapti. Yuz foiz nohaqlik bo‘ldi. Birinchi bo‘limda hakamning yonida meni haqoratladi. Hattoki sariq ham bergani yo‘q. Televizorda ham shundoq eshitilgan.

Abdulaziz Iskandarov


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibrohim Ibragimov: "Babayan onadan so‘kdi. Uni meni so‘kishga nima haqqi bor? Hakam eshita turib unga sariq, menga qizil berdi"