O‘zbekiston Superligasining 2-tur doirasida Namanganning "Navbahor" jamoasi Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qildi. O‘yinni boshqarib borgan hakam Asker Najafaliyev ikkita bahsli qaror qabul qildi. Bu voqea hozirda keng o‘rganilmoqda. Keling, ularga to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchi epizod - hakam ofsaydni belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydimi?
Bu epizod bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda ikkita surat keng tarqaldi. Birinchisida ofsayd yaqqol ko‘zga tashlanishi aniq, biroq bu Temurxo‘ja Abduholiqovning to‘pdan qutilgan paytidagisi emas. Ikkinchi suratda esa vaziyat ancha keskinlashganini ko‘rishingiz mumkin. Birinchisidan farqli o‘laroq, ikkinchi rasmda "Metallurg" himoyachisining qo‘li chiziqda ekani ko‘ringan. Jasurbek Yaxshiboyevning oyoqlari ortda, ammo bosh qismi chiziqqa tutashib ketgan. Afsuski, translyatsiya sifatining pastligi 100 foiz vaziyatga baho berish imkonini bermaydi. Shunga qaramay, ikkinchi suratda vaziyat ofsayd masalasi anchagina chigal ekanligi ko‘zga tashlandi.
Gol nega inobatga olinmadi?
Ikkinchi epizod masalasida vaziyat ancha chigal. Bu xolatda "Metallurg" klubi darvozaboni to‘pni o‘yinga kiritgach, to‘p hech kimga tegmay Zabihullo O‘rinboyevga kelib tushdi. Hujumchi to‘pni darvozaga yo‘lladi va gol kiritdi. Shunga qaramay, bosh hakam Asker Najafaliyev undan avvalgi epizodda (to‘p uchun ikkinchi qavatdagi kurashda maydon egalari qo‘pollik ishlatgani uchun hushtak chalib, jarima belgilagan edi) qabul qilgan qaroridan qaytgani yo‘q. Ya’ni, hushtakdan so‘ng kiritilgan golni inobatga olmadi. Qoidaga ko‘ra, chalingan hushtakdan keyin hakam o‘yinni davom ettirishga haqqi yo‘q. Bu epizodda Najafaliyev xatoga yo‘l qo‘ydi. U vaziyat so‘nggiga qadar uni kuzatishi, epizod yakuniga qarab qarorini qabul qilishi kerak edi.
Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘z telegram kanalida qiziq bir jumla qoldirdi:
Bu vaziyat borasida O‘zbekiston futbol hakamlar markazi tez orada o‘z xulosasini berishini ma’lum qildi. Menimcha, Askerga chora ko‘riladi. Bu o‘yinda qilingan xatolar uchun hakamga chora ko‘rilishining ehtimoli yuqori.
Oybek Yuldoshev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring