Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turida “Neftchi” 18 mart, shanba kuni “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq “Neftchi” hisobni ochdi. Nurillo To‘xtasinov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga oz muddat qolganda Ulug‘bek Hoshimov farg‘onaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Neftchi” ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. “So‘g‘diyona” esa bir ochko bilan 12-pog‘onani band etgan.
“So‘g‘diyona” – “Neftchi” 0:2
Gollar: 0:1 — 5 Nurillo To‘xtasinov, 0:2 — 39 Ulug‘bek Hoshimov.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 6. Alisher Salimov, 7. Serder Serderov (32. Nodirjon Soyibov, 65), 8. Iskandar Shoyqulov (5. Ayubxon Nomanov, 17), 10. Javohir Qahramonov, 11. Jasur Hasanov, 15. Tarik Isich, 22. Sanjar Shoahmedov, 26. Ulug‘bek Abdullayev (9. Zenan Zaymovich, 46), 28. Stanislav Andreyev, 93. Marko Kolakovich.
“Neftchi”: 45. Akbar To‘rayev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 7. Umar Adhamzoda, 8. Nurillo To‘xtasinov, 9. Ulug‘bek Hoshimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 22. Toma Tabatadze, 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26. Oleksey Larin.
Ogohlantirish: Nurillo To‘xtasinov 67.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring