18:30 / 21.03.2023
324

O‘yindan keyingi o‘yin: eng uzoq penaltilar

O‘yindan keyingi o‘yin: eng uzoq penaltilar
Penaltilar seriyasi – futbolda tez-tez uchrab turadigan hodisa, ammo o‘yindan keyingi 11 metrli zarbalar nihoyatda qiziqarli va hal qiluvchi daqiqalar hisoblanadi. Jamoalar kuchli yoki zaif bo‘lishidan qat’i nazar, g‘alaba qozonish imkoniyati teng, deyavering! O‘yinchi qanchalik nishonga ura olsa, darvozabonning mahorati shu qadar o‘yin taqdirini hal qiladi.
 
Penaltilar seriyasida jamoalar ko‘pincha 10 – 12 tadan zarba yo‘llaydi. Bunday paytda gohida ustomonlik, gohida tajriba, gohida esa ruhiyat ish beradi. Biroq ba’zida jamoalar shuchalik teng natija qayd etadiki, penaltilar seriyasi cho‘zilgandan-cho‘zilaveradi
 
2007 yilda Yevropa yoshlar chempionatida Angliya va Niderlandiya jamoalari uchrashdi. Yarim final va esktra-taymdagi durang xotima o‘yindan keyingi penaltilarni boshlab yubordi. Har ikkala jamoa o‘yinchilari yaxshi zarbalar yo‘llagan bo‘lsa, darvozabonlar ham bir xilda koptoklarni qaytarib turishdi. Nihoyat penaltilar soni 32 ta bo‘ldi va gollandlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: 13–12.
 
Angliya, hatto yoshlari o‘yinida ham 11 metrli bellashuvda mag‘lub bo‘lgan edi. Futbol bo‘yicha mamlakatlar orasida asosiy jamoa hisoblangan Angliya termasi penaltilar seriyasida mag‘lubiyatlar bo‘yicha alamli ko‘rsatkichga ega.
 
O‘yindan keyingi seriyada vaqt yanada cho‘zilgan bellashuv Fransiya kubogida kuzatilgan. O‘shanda quyi divizionlar bo‘lmish «Oberna» va «Vittelsaym» kuch sinshgan edi. Jamoalar bir-biriga 40 marta zarba yo‘lladi. Va, diqqatga sazovor joyi shundaki, mazkur seriyada g‘olib aniqlanmadi. Oxirgi aniq zarba 15 – 15 natijani qayd etdi, keyin esa yoritish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqdi. Bu muammo hal bo‘lmadi, Turnir reglamenti bo‘yicha, yaqqol autsayder hisoblangan «Oberna» g‘olib deb topilib, keyingi bosqichga o‘tdi.
 
O‘yindan keyingi penaltilar seriyasi bo‘yicha 2 ta olamshumul rekord qayd etilgan. Birinchisi 2004–2005 yilgi Namibiya kubogi bilan bog‘liq. O‘shanda «KK Peles» bilan «Siviks» jamoalari bir-birining darvozasiga 48 marta to‘p tepgan. Natijalarga ko‘ra, 17–16 hisob bilan «Peles» futbolchilari g‘olib deb topildi.
 
Namibiya kubogining yanada yuqori ko‘rsatkichi beshinchi chex divizioni uchrashuvida qayd etilgan. 2016 yilda «Batov» va «Frishtak» o‘zaro bellashdi va birinchi jamoa 21–20 natija bilan g‘olib bo‘ldi. Gollar nisbati esa «nuqta»dan yo‘llangan 52 ta zarba bo‘lib, davomiyligi jihatidan rekord o‘rnatdi.
 
Yuqorida aytib o‘tilgan penaltilar seriyasida bir nechta xatolar bo‘lgan. Biroq Yevropa ligasi finalida ideal ravishdagi penaltilar seriyasi amalga oshgan edi. O‘shanda «Manchester Yunayted» va «Vilyarreal» uchrashgan. Jamoa o‘yinchilari, toki darvozabonlarga navbat kelmaguncha bir-biriga barcha zarbalarni yo‘llab bo‘lishdi. Ispan jamoasi darvozaboni Rulli gol urdi, inglizlar qo‘riqchisi esa xatoga yo‘l qo‘ydi. «Vilyarreal» Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi.
 
Akbar Fathullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘yindan keyingi o‘yin: eng uzoq penaltilar