date
views 532

“Roma”dan ketmasam bo‘lmaydi!

“Roma”dan ketmasam bo‘lmaydi!
Roma”ning angliyalik hujumchisi Temmi Abraxam mavsum yakunlanishi bilan Rimni tark etishni istayapti. Bu hayda Sky in Italy nashri xabar berdi.
 
“Chelsi”da tarbiyalangan 25 yoshli futbolchi o‘z yurtiga qaytishni rejalashtirgan. Londonliklar ham ayni paytda hujumchini qaytarish masalasida bosh qotirmoqda. Bundan tashqari, Abraxam “Manchester Yunayted” nishonida turibdi.
 
Zaxira varianti sifatida “Aston Villa” ham tilga olinmoqda.
 
“Roma” Temmini 2021 yilning yozida transfer qilgan. Abraxam debyut mavsumida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgandi. Biroq, joriy mavsumda u o‘zini ko‘rsata olmayapti. “Roma” uni sotib yuborishga tayyor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”dan ketmasam bo‘lmaydi!