00:24 / 30.03.2023
451

«Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Dinamo» va yana 6 klub sotuvga qo‘yildi

«Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Dinamo» va yana 6 klub sotuvga qo‘yildi
Foto: FC Pakhtakor
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 24 martdagi PQ-102-sonli qarorni imzoladi.
 
Unga ko‘ra, ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1001ta korxonaning aksiya paketlari ro‘yxati tasdiqlandi.
 
Qarorga binoan, keltirilgan ro‘yxatda 11ta futbol klubi ham sotuvga qo‘yilgan. Jumladan, «O‘zbekneftgaz» tashkiloti tomonidan «Nasaf», «Buxoro», «Mash’al» klublari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan «Lokomotiv» klubi, «O‘zMetkombinat» tomonidan «Metallurg» klubi, Olmaliq tog‘-kon kombinati tomonidan OKMK futbol klubi, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan «Paxtakor» va «Bunyodkor» klubi, Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan «Dinamo» klubi, Namangan viloyati hokimiyati tomonidan «Navbahor» klubi, Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan «Sho‘rtan» klubi davlat ulushi to‘liq sotuvga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor», «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Dinamo» va yana 6 klub sotuvga qo‘yildi