date

OAVda Evro-2016 dagi eng qimmatbaho terma jamoa nomi aytildi

OAVda Evro-2016 dagi eng qimmatbaho terma jamoa nomi aytildi

Germaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha Evropa chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar ichida o‘yinchilarining umumiy qiymati eng qimmatbaho bo‘lgan terma jamoa bo‘ldi, deb yozmoqda Der Tagesspiegel gazetasi buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri.

Germaniya terma jamoasining 24 o‘yinchisining umumiy qiymati 562 mln evroga baholandi.

Undan keyin Ispaniya termasi kelmoqda, u Germaniyadan bor-yo‘g‘i 4 mln evroga ortda qolmoqda.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Fransiya (487 mln), Angliya (477 mln) va Belgiya (461 mln) egallamoqda.

Bu boradagi eng past ko‘rsatkichlarga Vengriya (27 mln evro), Shimoliy Irlandiya (36 mln evro) va Islandiya (42 mln evro) ega.

Evro-2016 Fransiyaning 10 ta shahrida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Avvalgi Evropa chempionati 2012 yilda Ukraina va Polshada o‘tgan. O‘shanda Ispaniya terma jamoasi musobaqa tarixida uchinchi marta chempion bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OAVda Evro-2016 dagi eng qimmatbaho terma jamoa nomi aytildi