
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zining navbatdagi jangini 22 aprel kuni, AQSHning Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi.
Ushbu oqshomda unga o‘zining eski tanishi - Gabriel Rosado raqiblik qiladi.
2021 yilda bu ikki bokschi o‘zro to‘qnash kelgan va unda Rosado muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi. Bu safar Meliqo‘ziyev undan revansh olishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy bahsida yengil vazn toifasidagi boks yulduzlari Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘zaro to‘qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing