
Prezidentning joriy yil 8 aprelda imzolangan O‘zbekistonda ommaviy va professtonal futbolni rivojlantirishga oid qarorida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do‘stlik» stadionida 2022–2023 yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratgan.
Shuningdek, 2023–2024 yillarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do‘stlik» stadioni hududida futbol bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug‘ullanishi uchun budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi ham quriladi.
Bunda, Terma jamoalar markazida 280 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinadi.
FIFAO‘zbekistondaToshkent viloyatiYuqori ChirchiqDo‘stlik stadionTerma jamoalarfutbol maydoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar