O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida OKMK klubiga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lgan “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinlarga qanday baho berayotgani, raqib nimani evaziga o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirib olgani, jamoasiga kimlar yetishmagani va kamchiliklari haqida gapirdi.
“Avvalo, aytishim kerak-ki, “Navbahor”ning OKMKga qarshi o‘yinlari so‘nggi yillarda chempionatning bezagiga aylanib bormoqda. Bugun gol urib olgach, g‘alabaga muddatidan avval ishonib yubordik shekilli, o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘ydik. Jamoamni taniy olmay qoldim. OKMK bugun harakter ko‘rsatdi va g‘alabaga erishdi. Qayerda va qanday xatolarga yo‘l qo‘ydik – bularni analiz qilamiz va ular ustida ishlaymiz”, - deydi Babayan.
“Bugun bizga Yaxshiboyev va Hoshimovning maydondagi o‘rinlari bilindi. Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilarda esa, sifat yetishmadi”.
“Jamoamga harakter va konsentratsiya yetishmayapti. Qaytaraman, bugun bizda sifat yetishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning sifati biz kutgan darajada emas. Mulohaza qilishimiz uchun sabablar yetarlicha. Ular ustida albatta ishlaymiz”.
O‘zPFL matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi