O‘zbekiston Superligasi 5-turi doirasida safarda “Nasaf” klubiga imkoniyatni boy bergan “Surxon” bosh murabbiyi Sergey Arslonov uchrashuv agressiv tarzda kechgani, taktik yurishlar, Asilbek Jumayev va muxlislar haqida fikr bildirdi.
“Agressiv va turli taktik kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Ajoyib jang guvohiga aylandik”, - deydi Arslonov.
“Asilbek Jumayev yosh va potensiali yuqori o‘yinchi. Tezkor, chaqqon va agressiv o‘yin namoyish etadigan futbolchi. Unga faqat yaxshi tilaklar bildirib qolaman. Kelajagi porloq futbolchi deya olaman. U bugun jamoamizning ikkala golida ham ishtirok etdi. Shunday o‘ynashda davom etishi kerak”.
“Chempionatda istalgan jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladi. Liga darajasi va klublarimizning saviyasi ancha yuqori. Biz ham ligada darajamizni ushlab turishga, o‘z uslubimizni tatbiq etishga intilayapmiz. Gibrid sxemalar, xilma xil taktikalardan foydalanib, o‘z uslubimizni yaratish maqsadida tinim bilmay ishlayapmiz”.
O‘zPFL matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi