
Rossiya terma jamoasi Toshkentda o‘tadigan CAFA chempionatida ishtirok etmoqchi. Ayni damda mamlakat futbol ittifoqi (RFU) terma jamoaning Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
RB Sport xabariga ko‘ra, turnirning tijorat huquqlari to‘g‘risidagi hujjat RFUga CAFAdan kelgan. Rossiya tomoni o‘z takliflarini ham yuborgan.
Bundan tashqari, Rossiya terma jamoasi guruh bosqich o‘yinlarini Toshkentda o‘tkazishni xohlamoqda. Aytish kerakki, CAFA turniri shuningdek, Bishkek shahrida ham bo‘lib o‘tadi. Ammo rossiyalik futbolchilar o‘tgan yili Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng maydon holatidan shikoyat qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, CAFA chempionatida Tojikiston, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etadi.
Rossiya Terma JamoasiToshkentda O‘tadiganCAFA ChempionatiMamlakat FutbolO‘yinlarni O‘tkazishGuruh Bosqich O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar