12:32 / 14.04.2023
231

AQSH, Buyuk Britaniya va bir qancha davlatlar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tarkibidan chiqib ketmoqchi

AQSH, Buyuk Britaniya va bir qancha davlatlar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tarkibidan chiqib ketmoqchi

Xabaringiz bor, hozirda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli bir qancha davlatlar rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks assotsiatsiyasiga qarshi boykot e’lon qilmoqda.
 
Xususan, AQSH, Polsha, Shveysariya, Niderlandiya, Irlandiya, Chexiya, Shvetsiya, Kanada, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar Toshkentda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.
 
Shuningdek, AQSH va Buyuk Britaniya boshchiligidagi bir qancha Yevropa mamlakatlari IBA'dan chiqib ketib, yangi tashkil qilingan "World Boxing" tashkilotiga qo‘shilishga da’vat etilmoqda.
 
Ushbu tashkilot IBA va XOQ (Xalqaro olimpiya qo‘mitasi) o‘rtasidagi boksning Olimpiadadagi kelajagiga tahdid solayotgan ziddiyat tufayli tashkil etilgan bo‘lib, Olimpiadada boksni saqlab qolish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH, Buyuk Britaniya va bir qancha davlatlar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tarkibidan chiqib ketmoqchi